Sirdaryo viloyatida fuqarolik jamiyati masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Sirdaryo viloyatida qator davlat va nodavlat tashkilotlar masʼullari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda sohadagi qonunchilikdagi yangiliklar, eʼlon qilingan davlat granti tanlovi hamda joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida viloyat miqyosida amalga oshirilishi kutilayotgan tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ikkinchi davlat granti tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.