Farg‘ona viloyatida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi
"Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasida Farg‘ona shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi hamda Qo‘qon shahar “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, tennis bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan birga, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qildi.
Qizg‘in va shiddatli bahslar ruhida o‘tgan musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.